AsosiyJamiyat

Jizzaxda Elektr tarmoqlari korxonasi mansabdor shaxslari jinoyatga qo`l urdi

'Jizzaxda Elektr tarmoqlari korxonasi mansabdor shaxslari jinoyatga qo`l urdi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar bo`limi tomonidan elektr energiyasidan foydalanuvchilar xatlovdan o`tkazilganda, 33 ming 971 nafar iste`molchining jami qarzdorligi 7 milliard 72 million so`mdan ortiq ekanligi aniqlandi.

Shahar elektr tarmoqlari korxonasi mansabdor shaxslari tomonidan 2016-2017 yillar davomida egasi aniqlanmagan qarzdorlikni kamaytirib ko`rsatish va boshqa g`arazli maqsadlarda 26 ming 311 nafar iste`molchi hisobiga haqiqatda iste`mol qilinmagan 5 milliard 463 million 320 so`m miqdordagi elektr energiyasi asossiz qo`shib yozilgan.

Ushbu noreal qarzdorliklarni “Elektr hisob” dasturiga kiritib, aholi qarzdorligi 12 milliard 535 million 653 ming so`m qilib ko`rsatilgan. Shunday qilib, “Elektr hisob” dasturi hamda oylik va yillik hisobotlarini qalbakilashtirgan.

Bundan tashqari, ta`minotchi korxona mansabdor shaxslari 2016 yil va 2017 yilning birinchi yarimida jami 3 ming 371 holatda aholi tomonidan haqiqatda iste`mol qilingan qariyb 1 milliard 627 million so`mlik qarzdorlikni hech qanday hujjatlar rasmiylashtirmasdan, “Elektr hisob” dasturidan asossiz chiqarib yuborgan.

O`zbekiston milliy axborot agentligining xabariga ko`ra, Jizzax shahar elektr tarmoqlari korxonasi mansabdor shaxslarining harakatlarida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi tegish moddalarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligini inobatga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Ish Jizzax shahar prokuraturasiga yuborildi, deb xabar qilindi Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limidan.

    Boshqa yangiliklar