Kabo-Verdeda 9,5 tonna kokain moddasi mamlakat hududida qo`lga olindi va yo`q qilindi, deb xabar berdi News.day.az nashri.
Ushbu holat yuzasidan polisiya 11 nafar rossiyalik dengizchilarni qo`lga olgan. Hozirda ular kontrabandada gumon qilinib, poytaxt Praya yaqinidagi qamoqxonada saqlanmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, huquq-tartibot organlari kemada noqonuniy yuk borligidan xabar topishgan. Shundan so`ng olib borilgan tezkor amaliyot chog`ida umumiy qiymati yarim milliard dollarga teng bo`lgan giyohvand modda aniqlangan. Polisiya holat yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. Tez orada esa rossiyalik dengizchilar ustidan sud jarayoni boshlanadi.






