Toshkent shahar IIBB Xonto`raevning pichoqlanishi yuzasidan hibsga olinganlar haqida ma`lumot berdi.
Xabarda aytilishicha, ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ishi ochilgan.
Keyinroq vaziyatni hisobga olib, jinoiy ish moddalari qayta tavsiflanib, 164-moddaning 4-qismi “v” bandiga (bosqinchilik) o`zgartirilgan. Gumonlanuvchilar 2018 yilning noyabr-dekabr oylari davomida hibsga olingan.
Mazkur jinoyatga boshqalarning aloqasi borligi yuzasidan tekshiruvlar davom etmoqda.
Eslatib o`tamiz, o`tgan yilning 26 noyabr kuni o`zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Murod Xonto`raev Toshkent savdo majmuasida joylashgan ofisida pichoqlab ketilgandi.






