AzonTV onlayn ilmiy-ma`rifiy telekanali 10 fevraldan dasturlarini namoyish eta boshlaydi. Bu haqda telekanalning Telegram‘dagi sahifasida ma`lum qilindi.
Telekanalni quyidagi usullar bilan kuzatish mumkin:
Tas-IX orqali — to`g`ridan-to`g`ri efir (rasmiy saytda);
Facebook orqali — to`g`ridan-to`g`ri efir (rasmiy sahifada);
Youtube orqali — to`g`ridan-to`g`ri efir, alohida ko`rsatuv va dasturlar;
Telegram orqali — alohida ko`rsatuv, dasturlar va kinolar.
AzonTV mobil versiyasi ham ishlab chiqilmoqda.
Aniq linklar efir boshlanishidan bir kun avval e`lon qilinadi.






