AsosiySport

Bektemir Meliqo`ziev qonidan doping topilgan

'Bektemir Meliqo`ziev qonidan doping topilgan'ning rasmi

Boks bo`yicha Rio olimpiadasi kumush medal sohibi, Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqo`zievning qonidan doping topilgan. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar tarqatmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, o`tgan yilgi tekshiruvlardan birida Meliqo`zievning doping tahlillari ijobiy natija bergan. Uning bir muddat musobaqalarda ishtirok eta olmaganiga aynan shu doping test natijalari sabab bo`lgani aytilmoqda. Biroq bu borada rasmiy manbalarda xabar berilmagan.

Eslatib o`tamiz, Bektemir Meliqo`ziev O`zbekiston terma jamoasiga nomzodlar saralab olinadigan so`nggi O`zbekiston chempionatida ham ishtirok etmagandi. Ba`zi ma`lumotlarga ko`ra, bunga uning jarohati sabab qilib ko`rsatilgan.

Hozircha Meliqo`zievning qonidan qanday taqiqlangan modda topilgani va bu borada qanday sanksiyalar qo`llanilgani borasida aniq ma`lumotlar yo`q.

Ayni vaqtda Meliqo`ziev mashg`ulotlarda ishtirok etmoqda.

    Boshqa yangiliklar