Qo`mita atom energetikasi va yadro texnologiyalari, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish ob`ektlarida sanoat xavfsizligi, radiasiya va yadro xavfsizligini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Hukumat qarori (VMQ-75, 01.02.2018 y.) bilan Sanoat xavfsizligi davlat qo`mitasi to`g`risidagi nizom tasdiqlangani haqida Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.
Nizomga muvofiq, Qo`mita atom energetikasi va yadro texnologiyalari, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish ob`ektlarida sanoat xavfsizligi, radiasiya va yadro xavfsizligini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Sanoat xavfsizligi davlat qo`mitasi tizimiga quyidagilar kiradi:
• Qo`mita markaziy apparati;
• viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari;
• Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi;
• Angren kon-texnika inspeksiyasi;
• Qizilqum kon-texnika inspeksiyasi;
• Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi;
• «Sanoat xavfsizligi» DUK;
• «Kontexnazorato`quv» DUK;
• «Sanoat nazorati laboratoriyasi» DUK.
Hududiy boshqarmalar hokimliklardan mustaqildir.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlarga Sanoat xavfsizligi davlat qo`mitasi xodimlariga ularning vakolatiga kirmaydigan ishlarni bajarishni yuklash taqiqlanadi.






