AsosiyJamiyat

Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining malakasi oshirilmoqda

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tomonidan O`zbekiston Respubliksi Ichki ishlar vazirligining Andijon Akademik liseyida viloyat IIB Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda barcha tuman ichki ishlar bo`limlari boshliqlari hamda ularning o`rinbosarlari, shuningdek profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyatidan ajralmagan holda kasbiy bilim va ko`nikmalarini oshirish maqsadida 5 kunlik sayyor o`quv yig`ini o`tkazilmoqda.

O`quv yig`iniga jalb qilingan rahbar xodimlarga xududdagi vaziyatdan kelib chiqqan holda ichki ishlar organlarida xizmatni to`g`ri tashkil qilishlari uchun tizimdagi islohotlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, jinoyatlarni oldini olish va fosh etish, jamoat xavfsizligini ta`minlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi muammolar va ularning echimlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.

O`quv mashg`ulotlari Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari hamda vazirlikning sohaviy xizmatlaridan jalb etilgan tajribali mutaxassislar tomonidan «Modul» tizimiga asosan tashkil etilib, vaziyatlar tahlili, muammolar echimi va kamchiliklarni bartaraf etishga oid mavzular innovasion pedagogik texnologiyalar yordamida keng yoritilmoqda.

Xususan, «Muammoli vaziyat», «Aqliy hujum», «Tushunchalar tahlili» va boshqa zamonaviy interaktiv pedagogik metodlardan foydalanib, tuman va shaharlar kesimida ichki ishlar organlari faoliyat bilan bog`liq ayrim masalalar chuqur tahlil qilinib, ularning echimlari bo`yicha tegishli tavsiyalar berilmoqda.

O`quv mashg`ulotlari davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi xorijiy davlatlarning ilg`or tajribalari misolida ularni amaliyotga joriy etish usullari muhokama qilinmoqda.

Andijon viloyatining tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan
32 nafar profilaktika inspektorlari bilan alohida guruhda tashkil etilgan malaka oshirish o`quv jarayoni davomida ularining faoliyatini takomillashtirish, aholining tinchligini ta`minlash, ularga uzluksiz xizmat ko`rsatish, shuningdek murojaatlarini o`z vaqtida va sifatli ko`rib chiqish hamda hal etish yuzasidan zarur amaliy tavsiyalar berilmoqda. Huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish hamda jamoatchilik tashkilotlari bilan yaqindan hamkorligini to`g`ri va samarali tashkil etishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

O`quv jarayonida tinglovchilardan anketa so`rovnomasini o`tkazish asosida amaliyotdagi mavjud muammo va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar olinib, mahalliy ilg`or tajribalar o`rganilmoqda hamda boshqa hududlarga ularni tatbiq etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Bundan tashqari, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Istiqbolli yosh kadrlar zahirasiga kiritilgan xodimlar tarkibi bilan shaxsiy tarkibni boshqarish, rahbarlik qilish va tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirish hamda ularning bilimlari, kasbiy mahoratlari va ko`nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o`quv mashg`ulotlari o`tkaziladi.

Sayyor o`quv yig`inida ishtirok etgan viloyatning barcha tuman va shahar ichki ishlar organlari rahbariyati hamda profilaktika (katta) inspektorlariga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshiriladi.

Andijon viloyati IIB Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar