O`zbekistonda yanvar oyi davomida avtomobillar uchun yoqilg`i narxlari 0,7 foizga qimmatladi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Benzin narxining barqaror saqlanib qolganligi barobarida metan narxi 9,4 foizga ko`tarilib, propan narxi esa aksincha, 14,4 foizga arzonladi.
Metan narxlari mamlakatning boshqa hududlariga nisbatan sezilarli darajada Sirdaryo viloyatida (oy davomida 1,2 marta), pastroq sur`atlarda esa Buxoro viloyatida (3,1 foiz) qimmatlaganligi qayd etilgan.
Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi narxlar o`zgarishini inobatga olmaganda propan narxlarining arzonlashishi respublikaning barcha hududlarida kuzatilgan.






