AsosiyJinoyat

Angrendagi konda ​ko`mir o`g`irlamoqchi bo`lgan shaxslar voqea joyida ushlandi​

'Angrendagi konda ​ko`mir o`g`irlamoqchi bo`lgan shaxslar voqea joyida ushlandi​'ning rasmi

2019 yilning 2 fevral kuni taxminan 21:00larda O`zbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat xavfsizligini ta`minlash boshqarmasi “Angren” va “Apartak” ko`mir konlarini qo`riqlash alohida otryadi navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarlarga ko`ra, shu kuni 18:00larda Angren shahar Beruniy mahallasida yashovchi Xasan Odimatov, Dilmurod Mirzabaev va Anvar Kushmatovlar o`zaro til biriktirib, “O`zbekko`mir” AJga qarashli “Apartak” ko`mir koni hududiga aylanma yo`llar orqali noqonuniy kirib, taxminan 600 kilogramm ko`mirni 6 bosh uy hayvonlarining ustiga maxsus yasalgan savatchaga yuklab, chiqib ketayotganlarida otryadning mobil guruhi xodimlari tomonidan qo`lga olindi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

O`zaro til biriktirib, qo`lbola usulda kondan ko`mir tashishga harakat qilgan ushbu fuqarolarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning tegishli moddasiga muvofiq hujjatlar rasmiylashtirildi.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


    Boshqa yangiliklar