AsosiyJamiyat

Namanganda 2 yoshli bola tiriklayin yonib ketdi

'Namanganda 2 yoshli bola tiriklayin yonib ketdi'ning rasmi

Namangan shahridagi xususiy uydagi yong`inni o`chirish vaqtida 2017 yilda tug`ilgan bolaning jasadi topildi.

IIV DYoXBning xabariga ko`ra, 2 fevral kuni Namangan shahri “Majnuntol” MFY, Yangiobod 10-berk ko`chasi, 30-uyda yong`in sodir bo`lgan.

Yong`inga 4 ta yong`in o`chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong`in natijasida uyning 40 kv.metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong`indan uyning 80 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Yong`inni o`chirish vaqtida 2017 yilda tug`ilgan bolaning jasadi topilgan.

Yong`inning taxminiy sababi, maishiy elektr jihozini nazoratsiz qoldirilishi.

    Boshqa yangiliklar