AsosiyJamiyat

Pullik xizmat ko`rsatuvchi sport to`garaklari tashkil etiladi

'Pullik xizmat ko`rsatuvchi sport to`garaklari tashkil etiladi'ning rasmi

Davlat ta`lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat ko`rsatuvchi sport to`garaklari tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risidagiHukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 fevraldan boshlab:

  • jismoniy tarbiya soatlaridan bo`sh vaqtlarida sport inshootlarida trenerlar tomonidan aholiga, shu jumladan, o`quvchi-yoshlar va talabalarga ko`rsatiladigan jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish va sport xizmatlari pullik asosda amalga oshiriladi;
  • davlat ta`lim muassasalarining sport inshootlarida trenerlar tomonidan ko`rsatilagn pullik xizmatlar uchun tushgan to`lovning 20 foizi kommunal xizmatlar xarajatlariga yo`naltiriladi, qolgan qismi davlat ta`lim muassasasi va trenerlar o`rtasida teng miqdorda taqsimlanadi.

Qaror bilan Davlat ta`lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat ko`rsatuvchi sport to`garaklari tashkil etish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko`ra, shug`ullanuvchilar tomonidan sport to`garaklariga qatnashish uchun ta`lim muassasasi rahbariga ariza va boshqa tegishli hujjatlar taqdim etiladi.

Arizalarni ko`rib chiqish bo`yicha ishchi guruh tuziladi va ular tomonidan shug`ullanuvchilarning layoqati aniqlanadi.

Shunga ko`ra, ta`lim muassasasi rahbari va shug`ullanuvchilar o`rtasida sport to`garagiga qatnashish bo`yicha belgilangan tartibda shartnoma tuziladi.

Pullik xizmat ko`rsatganlik uchun to`lov miqdori trener tomonidan ta`lim muassasasi rahbariyati bilan kelishilgan holda belgilanadi.

To`lovlar har oyda kelgusi oyning 10-sanasidan kechikmasdan amalga oshiriladi.

Kam ta`minlangan oilalardan bo`lgan shug`ullanuvchilar pullik xizmat ko`rsatilganligi uchun belgilangan to`lovlarni imtiyozli ravishda 50 foizmiqdorida amalga oshiradi. Bunda oilaning kam ta`minlanganligi to`g`risida mahalla tomonidan beriladigan ma`lumotnoma ta`lim muassasasi rahbariga taqdim etiladi.

Bir oiladan ikki yoki undan ortiq farzand ishtirok etgan taqdirda, pullik xizmat ko`rsatilganligi uchun belgilangan to`lovlarni imtiyozli ravishda har biri uchun 70 foiz miqdorida amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar