O`zbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar media markazi va “Mening yurtim” telekanallari tomonidan yosh iqtidorlarni qo`llab-quvvatlash, ularning iste`dodlarini ommalashtirish va mustaqil ijod yo`lini boshlashlariga ko`maklashish maqsadida “Yulduzcha” (6-15 yosh) va “Men yulduzman” (16-30 yosh) musiqiy televizion vokal tanlovi tashkil etilgan.

2-3 fevral kunlari poytaxtimizning Yoshlar ijod saroyida tanlovlarning ikkinchi turi bo`lib o`tdi. Tur shartiga ko`ra ishtirokchilar 3 yo`nalishda – an`anaviy ijro, akademik ijro va estrada bo`yicha duet aytishdi.

Hakamlar hay`atining qattiqqo`lligi, qizg`in bahs-munozaralar, keyingi turga o`tolmagan nomzodlar kurashi, yorqin chiroqlar, zamonaviy va ajoyib dekorasiya hamda siz mutlaoq kutmagan boshqa syurprizlarni 2019 yil mart oyida “Mening yurtim” telekanali efiri orqali ko`rishingiz mumkin.







