AsosiySport

Shaxmat bo`yicha O`zbekiston chempionlari aniqlandi (foto)

'Shaxmat bo`yicha O`zbekiston chempionlari aniqlandi (foto)'ning rasmi

Shaxmatga ixtisoslashgan respublika bolalar-o`smirlar sport maktabida ayollar va erkaklar o`rtasida respublika chempionati bo`lib o`tdi.

Ayollar o`rtasida bo`lib o`tgan bellashuvlarda 9 imkoniyatdan 7,5 ochko to`plagan Mohim Orazmuhammedova (Qoraqalpog`iston) g`oliblik shohsupasining eng yuqori pog`onasidan joy oldi. Keyingi o`rinlar Umida Omonova (Surxondaryo, 7 ochko) va Ozoda Xusainova (Toshkent viloyati, 6,5 ochko) ga nasib etdi.

Erkaklar bahsida qashqadaryolik shaxmatchi Abdumalik Abdusalimov 9 imkoniyatdan 8 ochko jamg`arib, O`zbekiston chempioni bo`ldi. Ibrohim Karimov (Andijon, 7 ochko) va Asilbek Sobirov (Farg`ona, 7 ochko) lar esa ikkinchi va uchinchi o`rinlar bilan kifoyalanishdi.

Shaxmat-er-ayol (10).jpg

Shaxmat-er-ayol (9).jpg

Shaxmat-er-ayol (1).jpg

Shaxmat-er-ayol (3).jpg

Shaxmat-er-ayol (6).jpg

Shaxmat-er-ayol (7).jpg

    Boshqa yangiliklar