AsosiyDunyo

AQShda haydovchi mashinasini kapotidagi 65 yoshli qariya bilan boshqardi

'AQShda haydovchi mashinasini kapotidagi 65 yoshli qariya bilan boshqardi'ning rasmi

AQShning Massachusets shtatilik haydovchi mashinasining kapotidagi 65 yoshli qariya bilan bir necha chaqirim masofani soatiga 112 kilometr tezlikda bosib o`tdi.

AVS telekanalining xabar berishicha, Richard Kamrovski ismi sharifli qariya 37 yoshli haydovchi Mark Fisdjerald o`rtasida yo`l-transport hodisasi ro`y bergan. Kamrovski o`zining “pikal”idan tushib,sug`urta pulini talab qiladi va oxir-oqibat suhbat tortishuvga aylanadi.

Kutilmaganda Fisdjerald qariya tomon jahl bilan mashinasini haydaydi va u zo`rg`a kapot ustiga tirmalashib oladi.

Yosh haydovchi bunga parvo qilmay tezlikni oshiradi va taxminan besh chaqirimdan so`ng, o`tkinchi haydovchilardan biri unga qarata pistolet o`qtalgach, noiloj to`xtaydi.

Mazkur voqea sudda ko`rib chiqiladigan bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar