Joriy yilning 1 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 30 nafar harbiy xizmatchilariga Nukus shahridagi qurilgan ko`p qavatli yangi uylarning tantanali topshirilish marosimi bo`lib o`tdi.
Marosimda Qoraqalpog`iston Respublikasi Juqorg`i Kengesi raisi Musa Erniyazov, O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo`mondonining o`rinbosari Shuxrat Shakirov hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari, faxriylar, yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda keyingi yillarda milliy armiyamizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, harbiy xizmatchilarning xizmat va yashash sharoitini yaxshilash borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilayotgani, xususan, harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolarini qo`llab-quvvatlashga alohida e`tibor qaratilayotgani ta`kidlandi.
Harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolariga yangi xonadonlarining kalitlari topshirilganidan so`ng mutasaddi tashkilot rahbarlari va mehmonlar bilan birgalikda xonadonlardagi shart-sharoitlar ko`zdan kechirildi.






