AsosiyJamiyat

Non va mosh orasiga kumush taqinchoqlar yashirilgani aniqlandi

'Non va mosh orasiga kumush taqinchoqlar yashirilgani aniqlandi'ning rasmi

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari zargarlik buyumlarini noqonuniy olib o`tilishiga doir qonunbuzarlik holatini fosh qilishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, fuqaro A.X.ning qo`l yuklari orasidagi non va idishga solingan mosh ichiga yashirib qo`yilgan salkam 72 gr. og`irlikdagi kumush taqinchoqlar olib kirilishi to`xtatib qolingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, bojxona chegarasi orqali respublikaga kirib kelayotgan yo`lovchilar tomonidan qiymati va miqdori bojsiz olib kirish me`yorlaridan ortiq bo`lmagan tovarlarni to`lovlarsiz olib o`tishlari mumkin. Faqatgina jismoniy shaxslar yonidagi tovar-moddiy boyliklarni to`g`ri deklarasiyalab berishlari talab etiladi.

    Boshqa yangiliklar