AsosiyJamiyat

Turkiyada O`zbekistonning turizm salohiyati namoyish etildi

'Turkiyada O`zbekistonning turizm salohiyati namoyish etildi'ning rasmi

O`zbekistonning turizm salohiyati Turkiyaning Istanbul shahridagi yirik EMITT-2019 Sharqiy-O`rta er dengizi, sayohat va turizm xalqaro ko`rgazmasida namoyish etildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi axborot xizmatining ma`lumotiga ko`ra, mazkur tadbir dunyoning eng yaxshi sayyohlik ko`rgazmalarining beshtaligiga kiradi va har yili sohadagi 50 mingdan ortiq professionallarni jalb etadi.

“Tuyap Fair Convention and Congress Center” Istanbul ko`rgazmalar zalining pavilonida namoyish etilgan milliy stend O`zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, “O`zbekiston havo yo`llari” MAK hamda mamlakat sayyohlik tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida turizm – har bitta davlatning iqtisodiyotda etakchi yo`nalish ekanligi ta`kidlandi. Mazkur nufuzli yarmarka yangi hamkorlar bilan uchrashib, turizm sohasidagi so`nggi yangiliklar va tendensiyalar haqida ko`proq bilish, bozor yo`nalishlarini o`rganish imkonini berishi qayd etildi.

Tadbir doirasida tashkilotchilar bilan EMITT FORUM tashkil etilib, unda turizm sanoatining dunyoviy va mintaqaviy masalalari muhokama etildi.

Ko`rgazmaning to`rt kunlik dasturi doirasida tadbir ishtirokchilari o`rtasida panel sessiyalar va B2B ishchi uchrashuvlarini o`tkazish ham rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar