Shu yilning 30 yanvar kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 7-sonli IIB xodimi Toshkent shahar IIBB rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida yashovchi I.B. va boshqa shaxslar bilan birga 2018 yil oktyabr hamda noyabr oylarida “Silk Road Industry” MChJ rahbari F.K.dan umumiy qiymati 244 mln. so`mlik “Libera” nomli bolalar tagliklarini kelgusida savdo tushumidan tushgan puldan berish sharti bilan olib, aldash yo`li bilan ishonchiga kirib, bolalar tagliklarini sotib yuborib, pullarni o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini, holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib borayotganligini, I.B. unga tekshiruv hujjatlarini tergovga o`tkazmasdan uning foydasiga xal qilib berish evaziga pora sifatida 2000 AQSh dollarini taklif etayotganligini ma`lum qilgan.
Ushbu bildirgi yuzasidan 2 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi IIV O`z xavfsizligi boshqarmasi Toshkent shahar bo`limi, Uchtepa tumani prokuraturasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman bo`limi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tadbir natijasida I.B. pora sifatida 1500 AQSh dollarini xodimning xizmat xonasida berayotganida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






