AsosiyJamiyat

Muftiy hazrat Abu Dabidagi anjumanda ishtirok etmoqda

'Muftiy hazrat Abu Dabidagi anjumanda ishtirok etmoqda'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Musulmon donishmandlar kengashi raisi, doktor Sulton Rumaysiy janoblarining taklifiga binoan Birlashgan Arab Amirligining Abu Dabi shahrida bo`lib o`tayotgan xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda.

Kecha, 3 fevral kuni Abu Dabi shahrida Insoniy birodarlik bo`yicha anjuman o`z ishini boshladi. Anjuman bosh homiysi BAA amiri Shayx Muhammad bin Zoid al-Nahyon hisoblanadi. Unda dunyoning barcha mamlakatlaridan kelgan taniqli ulamolar, mashhur muftiylar, professor-olimlar, etuk ekspertlar, davlat va din arboblari hamda turli konfessiya etakchilari ishtirok etmoqda. Yig`inga butun jahondan mingdan ortiq mehmonlar kelgan.

Dunyo xalqlari turli muammolarga duch kelayotgan hozirgi murakkab sharoitda din peshvolari bir joyga jamlanib, yagona maqsad – yo`lida hamkorlik qilishlari har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur anjumanda dunyoning ko`plab mamlakatlaridan bir necha yuzlab delegasiya vakillari bir majlisda jam bo`lib, muhim masalalarni mashvarat qilishlari, albatta, o`zining ijobiy natijalarini beradi.

Ushbu nufuzli anjumanda so`zga chiqqan notiqlar turli xalqlar o`rtasida o`zaro birdamlik, hamjihatlikni mustahkamlash, o`zaro ahillikka erishish, turli ixtilof va firqachilikka barham berish kerakligi borasida so`z qiladilar.

    Boshqa yangiliklar