Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 2 fevral kuni Amir Temur MFY yashovchi F.Yu. IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Unda, shu yilning 1 fevral kuni soat 11.30larda birga yashovchi turmush o`rtog`i, uy bekasi, 20 yoshli Sevara Yusufahmedova va dugonasi 21 yoshli Muxlisa Muzaffarova bilan birga uydan noma`lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo`qolganliklarini ma`lum qilgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, Ularni qidirib topish choralari ko`rilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






