AsosiyDunyo

Fevral oyining shov-shuvli kinopremeralari (Foto)

'Fevral oyining shov-shuvli kinopremeralari (Foto) 'ning rasmi

Agar kino jon-dilingiz bo`lsa, fevral oyida ham ajoyib va g`aroyib kinopremeralardan bahramand bo`lishingiz mumkin, deya ta`kidlamoqda Lady.Day.Az nashri.

Vasvasa dengizi

Rejissyor: Stiven Nayt

Ssenariy: Stiven Nayt

Janr: triller, drama

Mamlakat: AQSh

Rollarda: Mettyu Makkonaxi, Enn Xeteuey, Dayan Leyn, Jeyson Klark, Jimon Xonsu.

Filmda sobiq sevgining qaytovlanishi nima oqibatlarga olib kelishi haqida so`ylanadi.

Ikki qirolicha

Rejissyor: Jozi Rurk

Ssenariy: Bo Uillimon, Jon Gay

Janr: drama, biografiya

Mamlakat: Buyuk Britaniya

Rollarda: Sirsha Ronan, Margo Robbi, Jek Lauden, Jo Elvin, Devid Tennant.

Ikki shafqatsiz qirolicha: Elizaveta I va Mariya Styuartning raqobati haqidagi film.

Shisha

Rejissyor: M. Nayt Shyamalan

Ssenariy: M. Nayt Shyamalan

Janr: fantastika, triller, drama

Mamlakat: AQSh

Rollarda: Jeyms MakEvoy, Bryus Uillis va Semyuel L. Jekson

Mashhur hind rejissyori Shyamalanning “O`qo`tmas” va “Split” kartinalari davomi hisoblanib, filmda ezgulik va yovuzlik jangi ochib berilgan.

Hammasini boshidan boshla

Rejissyor: Piter Sigal

Ssenariy: Jastin Zakem, Eleyn Goldsmit-Tomas

Janr: melodrama, komediya

Mamlakat: AQSh

Rollarda: Maylo Ventimilya, Jennifer Lopez, Vanessa Enn Xajens, Lea Remini.

Jennifer Lopes ishtirokidagi navbatdagi melodrama. Ayollar davrasi uchun tavsiya qilinadi.

Boshqa yangiliklar