O`zbekiston eng tezyurar poezdlarga ega bo`lgan mamlakatlar reytingidan o`rin oldi, deb xabar qilmoqda Sputnik.
Xabarda aytilishiga ko`ra, Global High-Speed Train reytingida O`zbekiston Norvegiya, AQSh, Finlyandiyadan ham oldinga o`tib 17-qatordan joy oldi.
Reytingni tuzishda poezdlarning eng katta tezligi, operasion tezligi, mamlakatning temir yo`llar tarmog`i uzunligi hamda aholining 1 km yo`lga qiladigan xarajati kabi ko`rsatkichlar hisobga olingan.
Reytingning eng yuqori qatoridan Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy o`rin olgan. Rossiya 15-qatorda joylashgan.
Nashrda yozilishiga ko`ra O`zbekiston poezdlarining eng katta tezligi 255 km/soatni tashkil qiladi. Operasion tezlik esa 250 km/soatni tashkil qiladi. O`zbekiston temiryo`l infratuzilmasida tezyurar poezdlar ulushi 8,21 %ni tashkil qiladi.






