AsosiySport

O`zbekistonlik velosipedchi Belgiyada oltin medalni qo`lga kiritdi

'O`zbekistonlik velosipedchi Belgiyada oltin medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

O`zbekistonlik velosipedchi Olga Zabelinskaya Belgiyada “International Belgian Track Meeting” trek bo`yicha xalqaro turnirdp oltin medal sohibi bo`ldi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi.

“Bugun omnium poygalarida hamyurtimiz Olga Zabelinskaya 192 ochko to`plab eng yaxshi natijani ko`rsatdi va oltin medalni qo`lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o`rinlar mos ravishda polshalik Lotte Kopeski va belgiyalik Marta Yaskulskaga nasib etdi”, - deyilgan xabarda.

Musobaqada 15 mamlakatdan 11 ta jamoa qatnashmoqda. Bahslarda O`zbekiston terma jamoasi Olga Zabelinskaya, Ekaterina Knebeleva, Murod Xolmurodov kabi sportchilar bilan ishtirok etmoqda.

Qayd etish lozimki, ushbu musobaqa Tokio 2020 Olimpiya o`yinlariga reyting ochkolarini taqdim etadi.

    Boshqa yangiliklar