AsosiyDunyo

Hindistonda poezd izidan chiqdi, qurbonlar bor

'Hindistonda poezd izidan chiqdi, qurbonlar bor'ning rasmi

Hindistonda yo`lovchi poezd izdan chiqib ketishi oqibatida kamida etti kishi vafot etdi, bir necha kishi jarohatlandi, deya xabar beradi Hindustan Times.

Xabarda aytilishicha, voqea yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan 03.58 da Bixar shtatida sodir bo`lgan. Ma`lumotlarga qaraganda, to`qqizta temir yo`l vagonlari izidan chiqqan. Rasmiylarga ko`ra, voqea sodir bo`lgan paytda poezd to`liq tezlikda harakatlanayotgan edi.

Hodisadan so`ng yo`nalishdagi barcha yo`lovchi poezdlarining harakati to`xtatildi. Jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar