Bugun, 2 fevral kuni soat 17:04 da O`zbekistonda erosti silkinishlari qayd etildi, deb xabar qiladi FVV matbuot xizmati.
Zilzila epimarkazi Toshkentdan 453 km masofada, Afg`oniston hududida 100 km chuqurlikda joylashgan. Magnitudasi – 5,4 ga teng.
Erosti silkinishlari kuchi Toshkent, Namangan, Andijon, Farg`ona, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Qarshi va Navoiyda 2 ballni tashkil qildi.
O`zbekistonning boshqa hududlarida zilzila sezilmadi.
Talafotlar va jabrlanganlar to`g`risida ma`lumot kelib tushmagan.






