2019 yil 1 fevral kuni soat 21.30 larda Toshkent viloyatining Pskent tumani Maylobod mahallasida yashovchi O.F. mast holda Oybek mahallasi hududida joylashgan “Anor” choyxonasi oldida qarovsiz qoldirilgan Mitan mahallasida yashovchi Sh.D.ga tegishli “VAZ-2106” rusumli avtomashinani haydab qochgan.
Natijada A.Temur ko`chasida ushbu avtomashina boshqaruvini eplay olmay, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketgan va fuqaro M.A. boshqaruvidagi boshqa bir “Nexia” rusumli avtomashinasi bilan to`qnashuv sodir etgan. Ko`rilgan choralar natijasida O.F. qo`lga olindi.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






