AsosiyJamiyat

Chilonzorda "protein" sotayotgan qonunbuzar qo`lga tushdi

'Chilonzorda "protein" sotayotgan qonunbuzar qo`lga tushdi'ning rasmi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi tomonidan tovarlarni noqonuniy yo`llar bilan kirib kelishi va sotilishining oldini olishga qaratilgan keng qamrovli tezkor-qidiruv tadbirlari o`tkazib kelinmoqda.

Jumladan, bo`lim xodimlari tomonidan poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi avtoturargohlarida o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.D. “shartli xaridor”ga xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo`lmagan 75 dona “Protein” (odam mushaklarini baquvvat qiluvchi biologik faol qo`shimchalar)ni qariyb 3 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda qo`lga olindi.

Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmatining xabariga ko`ra, qonunbuzarning avtomashinasi ko`zdan kechirilganda, avtomashina yukxonasida ham yana 30 dona “Protein” borligi aniqlandi. Jami 105 dona “Protein”larning umumiy qiymati 25,2 million so`mni tashkil etdi.

Hozirda mazkur holat bo`yicha tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar