Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Qozog`iston televideniyasidagi The Nomads realiti-shousida boshlovchilik qiladi, deb yozmoqda Olamsport nashri.
Ushbu shou ko`rsatuv dunyoning 118 mamlakatiga translyasiya qilinadi. Ko`rsatuv ishtirokchilari turli sohaning mashhur vakillari bo`lishadi. Ular jismoniy va aqliy yo`nalishlardagi shartlar bo`yicha bellashishadi.
Shouning birinchi qismi shu oyida efirga uzatiladi. Tez kunda ko`rsatuv ijodkorlari uning aniq sanasini e`lon qilishadi.






