AsosiyJamiyat

O`tgan yilda 5 million davlat xizmatlari ko`rsatildi

'O`tgan yilda 5 million davlat xizmatlari ko`rsatildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Adliya vaziriligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining hay`at yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Videokonferensaloqa shaklida o`tkazilgan tadbirda agentlik barcha darajadagi rahbar va mas`ul xodimlari ishtirok etmoqda.

Agentlik direktori Xalilullo To`raxo`jaev boshqargan yig`ilishda davlat xizmatlari ko`rsatish sifatini oshirish, ko`lamini yanada kengaytirish dolzarb vazifa ekaniga e`tibor qaratildi.

Zero, bu markazlar xalq manfaatini ta`minlash, aholining turli ovoragarchilik va byurokratik to`siqlarga uchramasligi uchun tashkillashtirilgan tuzilmadir.

2018 yilda aholiga ko`rsatilgan davlat xizmatlari soni 5 milliondan oshgani qayd etildi. Bu ko`rsatkich 2017 yilga nisbatan qirq barobar ko`p bo`lgan.

Shu raqamning o`ziyoq aholining davlat xizmatlari markazlariga ehtiyoji ortib borayotganini ko`rsatadi.

Raqamni tilga olish oson. Biroq xizmat ko`rsatish ko`lamini tasavvur qilib ko`rishning o`zi bu oson emasligini anglatadi.

Ayni paytda bitta markazga tashrif buyuruvchilar soni oyiga 600 mingdan 1,5 milliongacha etmoqda. Bu kelgusida markazlarga tashrif buyuruvchilar soni hozirgidek 5 million emas, 20 milliondan ham oshishini mumkinligidan darak berayotir.

Shu bois xizmat sifatini yaxshilash, markazlar binolarini talab darajasida qurish va jihozlash zaruratini yuzaga keltirmoqda.

    Boshqa yangiliklar