Germaniyada olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko`ra, hozirgi vaqtda ishsizlarning uchdan bir qismi to`yib ovqatlanish imkoniga ega emas, deya xabar bermoqda Vesti nashri.
Ushbu natijalar 2017 yil boshidan 2018 yil so`ngiga qadar bo`lgan ko`rsatkichlarga asoslangan. Germaniya Evropadagi eng boy mamlakatlardan biri bo`lishiga qaramay, mamlakatda 16 yoshdan yuqori 5 milliondan ortiq ishsiz kishi ochlikdan aziyat chekmoqda. Bu esa mamlakat aholisining 7,5foizini tashkil qiladi. Tahlilchilar hukumatni qashshoqlikka qarshi hozirdan kurashishga va keng ko`lamli choralar ko`rish uchun dastur ishlab chiqishga chaqirishmoqda.






