O`zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida Tokio-2020 olimpiadasiga yo`llanma beruvchi Osiyo chempionati saralashida qatnashishidan xabaringiz bor. Mana shu musobaqaga tayyorgarlik ko`rish maqsadida Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O`zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning 14-25 fevral kunlari Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida yig`in o`tkazadi. Mashg`ulotlar «Pinatar arena football center» stadioni maydonida bo`lib o`tadi.
Mazkur yig`in davomida Olimpiya terma jamoamiz bir qator kuchli raqiblarga qarshi nazorat uchrashuvlari o`tkazishi ham rejalashtirilgan. Ispaniyada o`tkaziladigan yig`inga quyidagi futbolchilarni jalb qilgan:
Darvozabonlar:
Ergashev Umidjon («Nasaf»)
Muhammadjonov Mashhurjon («Nasaf»)
Ziyovutdinov Nizomiddin (AGMK)
Himoyachilar:
Qobilov Islomjon («Bunyodkor»)
Aliqulov Husniddin («Mash`al»)
G`ofurov Husniddin («Neftchi»)
Nasrullaev Sherzod («Nasaf»)
Saitov Dilshod («Nasaf»)
Rustamov Oybek («Qo`qon-1912»)
Yarim himoyachilar:
Abdullaev Abdulla («Bunyodkor»)
O`runov Oston («Navbahor»)
Qodirqulov Sanjar («Bunyodkor»)
Muhitdinov Sharof («Nasaf»)
Nurulloev Suhrob («Metallurg»)
Rashidxonov Suhrob («Nasaf»)
To`xstasinov Nurillo («So`g`diyona»)
Talxatov Dian («Paxtakor»)
Alijonov Ilhomjon («Nasaf»)
Ismailov Abrorbek («Neftchi»)
Hujumchilar:
Abduxoliqov Bobur («Nasaf»)
Amonov Azizbek («Lokomotiv»)
Mirahmadov Mirjahon («Bunyodkor»)






