Shu yilning 23 yanvar kүni Nukus tumanida 3 ta egizak qizlar dunyoga kelgani haqida xabar berilgandi.
Ko`pchilik egizak qizlarga qanday ism qo`yilishi borasida turli xil fikrlarga borishdi. Kimlardir bu egizaklarga ham davlat rahbari sharifiga ism qo`yilishini taxmin qilishdi, deb yozmoqda «Kruz.uz».
Egizak qizlarga Barchin, Gavhar, Gumus (Kumush) deb ism qo`yilgan. Bu haqda Nukus tumani Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Abatova Sarbinaz xabar bergan.
«Egizak qizlarimga ota-onam ism qo`yishdi. Boshida Prezidentimiz sharafiga ism qo`ymoqchi edik. Ammo qizlarga xos ism topolmadik», — degan egizaklarning otasi Murat aka.
Endi Neytbay aka va Tinshgul opaning 6 nafar nevarasi bor: Alpomish (katta farzand), Aydana va Guldana (birinchi egizaklar), Barchinoy, Gavharoy va Gumusoy (ikkinchi egizaklar). Barchalarini familiyasi buvalari ismiga monand Neytbaev va Neytbaeva.






