AsosiyJamiyat

O`zbekistonda o`qituvchilar malakasini oshirish tizimi soddalashtirildi

'O`zbekistonda o`qituvchilar malakasini oshirish tizimi soddalashtirildi  'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan A.Avloniy nomidagi Xalq ta`limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda xalq ta`limi tizimidagi 1000 nafar rahbar va mutaxassis xodimlarning masofadan malakasini oshirish bo`yicha 2019 yil rejasi tasdiqlandi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Axborot xizmati xabar qildi.

Ta`kidlanishicha, yanvar-aprel oylarida umumiy o`rta ta`lim, ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktablari rahbar kadrlari zaxirasi bo`yicha 300 nafar tinglovchilarni masofadan malakasini oshirish rejalashtirilgan.

Masofadan malaka oshirish menejerlik kursining tinglovchilari uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 3 ta blok 15 ta modul bo`yicha dars mashg`ulotlari tashkil etilmoqda. Shuningdek, 10 haftalik masofaviy ta`limdan so`ng institutda yakuniy mashg`ulotlar va yakuniy nazorat sinovlari o`tkazilib, muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga sertifikat taqdim etiladi.

“Hozirgi kunda mutaxassislar malaka oshirishda masofaviy ta`lim tizimidan tobora kengroq foydalanib kelmoqda. Bu imkoniyatning afzalligi masofa va vaqt talab etmasligi, tinglovchining ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o`z xohishiga muvofiq amalga oshirishi bilan belgilanadi”, - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar