AsosiyJamiyat

Toshkentda ko`chalarga suv toshishiga qarshi chora ko`rish boshlandi

'Toshkentda ko`chalarga suv toshishiga qarshi chora ko`rish boshlandi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtning irrigasiya tarmoqlarini ta`mirlash ishlari boshlangani haqida xabar berdi.

"Yog`ingarchilik mavsumida Toshkent shahrining ayrim ko`chalarida suv toshishi bilan bog`liq ko`ngilsiz holatlarni bartaraf etish maqsadida, irrigasiya tarmoqlarini ta`mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan", - deyiladi xabarda.

Poytaxt administrasiyasi ma`lumotiga ko`ra, 1-3 fevral kunlari Shayxontohur tumani "Qoratosh" va "Samarqand darvoza" ko`chalari kesishmasi yaqinida ("Korzinka" supermarketi oldida) ta`mirlash ishlari olib boriladi.

    Boshqa yangiliklar