“O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi, ATB “Asakabank” hamda So`x tumani hokimiyati tashabbusi bilan tumanning Devayron qishlog`ida 200 ish o`rniga mo`ljallangan zamonaviy tikuv fabrikasi “Sux Kapital Teks” MChJ ishga tushurildi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar berdi.
Bundan tashqari, “O`zto`qimachiliksanoat” Uyushmasi tarkibiga kiruvchi “Fergana-Oseana” MChJ tomonidan So`x tumani Chummoqcha qishlog`ida yana bir zamonaviy tikuv fabrikasi qurilishi yakunlandi. Yaqin kunlarda ushbu fabrika ham ishga tushurilishi rejalashtirilmoqda.
Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yil 12-13 iyun kunlari Farg`ona viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari va Oltiariq tumanida kengaytirilgan tarzda o`tkazilgan yig`ilish bayonida So`x tumanida tikuv-trikotaj loyihasini amalga oshirish belgilangan edi.






