Vengriya poytaxti Budapeshtdagi qahvaxonada mijozlarga robot xizmat ko`rsatishni boshladi, deya ma`lum qilmoqda Layf.ru nashri.
Pepper nomli robot mijozlarni kutib oladi va ularni bo`sh stollarga taklif qiladi. Shundan so`ng taomnomani taqdim etadi. Texnikaning imkoniyatlari shu bilan tugagani yo`q. Pepper buyurtmani olib kelgan vaqtda sizdan hol-ahvol so`rab, biror hazil qilib, kayfiyatingizni ko`tarishga harakat qiladi. Mijozlar uning kerakli funksiyasini bosib, robotning xizmatini tanlashlari mumkin.






