AQShning bir qator hududlarida tinimsiz qor bo`ronlari kuzatilmoqda, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.
Masalan, Chikagoda harorat -29 daraja ekani qayd etilgan. Qalin yoqqan qor hozirga qadar yuzga yaqin YTHlariga sabab bo`lgani xabar qilinmoqda. Chikagodagi maktablarda darslar qoldirilgani tufayli 360 ming o`quvchi uyda qolmoqda. Ayrim jamoat transport qatnovlari ham vaqtinchalik to`xtatildi. Bu kabi holatni G`arbiy Michiganda ham kuzatish mumkin. Prognozlarga ko`ra, kelasi hafta harorat -53 darajagacha pasayadi.






