Shimoliy Koreya iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ko`mir ishlab chiqarishni kuchaytirishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilmoqda Koreespondent.ru nashri.
Biroq bu holat havoning yuqori darajada ifloslanishiga olib keladi. Bu esa zaharli havodan nafas oladigan insonlar salomatligi uchun o`ta xavflidir. Shimoliy Koreyada havoning zaharlanishi oqibatida turli kasalliklar kelib chiqishi va o`lim holatlari darajasi yuqoridir. Mamlakat bu borada Xitoy va Hindistonni ham ortda qoldirgan. Shunga qaramay, Shimoliy Koreya ko`mir sanoatini rivojlantirishdan voz kechmayapti.






