AsosiyDunyo

Daniya Germaniya bilan chegarada devor qurishni boshladi

'Daniya Germaniya bilan chegarada devor qurishni boshladi 'ning rasmi

Daniya Germaniya bilan chegarada 70 kilometr uzunlikdagi devor qurishni boshladi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.

Germaniyadan Daniyadagi fermalarga Afrika cho`chqa grippi virusi o`tishining oldini olish devor ko`tarilishiga sabab sifatida ko`rsatilmoqda. Qurilish ishlari Germaniyaning shimoliy hududi Shlezvig-Golshteyndan boshlangan. Daniya hukumati chorvadorlikni mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri, deb hisoblaydi. Devor esa qoramollarni chegaradan o`tib ketishining oldini oladi. Biroq ushbu loyiha ekolog olimlarning noroziligiga sabab bo`lmoqda. Ular bu tabiiy muvozanatni buzilishiga olib kelishidan tashvishda.

    Boshqa yangiliklar