Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari Bektemir tumanida ikki nafar fuqaroni 15 kg. simobni sotayotgan vaqtida qo`lga oldi
Simob nihoyatda zaharli moddalar qatoriga kiradi. Ayniqsa, uning ochiq holda bug`lanib havoda tarqalishi inson sog`lig`iga jiddiy zarar etkazishi mumkin.
Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmatining xabariga ko`ra, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan Bektemir tumanida fuqarolar D.A. va Z.A. “shartli xaridor”ga 15 kilogramm simobni 100 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo`lga olindi.
Hozirda mazkur holat bo`yicha tegishli prosessual hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






