AsosiyJamiyat

OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga oydinlik kiritildi

'OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga oydinlik kiritildi'ning rasmi

Bugun, 30 yanvar kuni mamlakat OAV va ijtimoiy tarmoqlarda shu yilning 21 yanvar kuni soat 22:30 larda Farg`ona viloyatining O`zbekiston tumani «Tagob» mahalla fuqarolar yig`ini hududidagi yo`l bo`yidan oq rangli Lacetti avtomashinasi salonida yongan holatdagi shaxsi noma`lum murda qotillik alomatlari bilan topilgani haqida xabar tarqaldi.

Xabarda marhum, 1983 yilda tug`ilgan fuqaro M.N. Farg`ona viloyatining O`zbekiston tumani mudofaa ishlari bo`limida harbiy stol noziri vazifasida ishlagani aytilgan.

Mudofaa vazirligi ushbu xabarga oydinlik kiritib, marhumning ishlash joyini ko`rsatishda xatolikka yo`l qo`yilgani va marhum Farg`ona viloyatining O`zbekiston tumani «Kichik-tagob» mahalla fuqarolar yig`ini shtatida harbiy hisob stoli boshlig`i lavozimida ishlaganini ma`lum qiladi. Marhum M.N. ushbu lavozimga «Kichik-tagob» mahalla fuqarolar yig`ini kengashi qarori bilan2018 yil 1 dekabr kuni tasdiqlangan edi.

Ma`lumot uchun, mahalla fuqarolar yig`ini harbiy hisob stoli boshlig`i tuman mudofaa ishlari bo`limi bilan mahalladagi harbiy hisob ishlarini yuritishda hamda mahalladagi hisobda turgan fuqarolarga chaqiruv qog`ozlarini etkazishda yaqindan ko`maklashadi.

    Boshqa yangiliklar