AsosiyJamiyat

«Career Bridge» - xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan o`zbekistonlik talabalar va ish beruvchilar o`rtasidagi muloqot

'«Career Bridge» - xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan o`zbekistonlik talabalar va ish beruvchilar o`rtasidagi muloqot'ning rasmi

O`zbekistonda ilk marotaba O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi tomonidan xorijiy mamlakatlarda ta`lim olayotgan o`zbekistonlik yoshlar uchun «Career Bridge» loyihasi taqdim etilmoqda. «Career Bridge» - O`zbekistonning davlat, xususiy va xalqaro kompaniyalari bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqotdir. Tadbir joriy yilning 16 fevral kuni soat 11:00da O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi binosida onlayn videokonferensiya shaklida bo`lib o`tadi. Unda yosh mutaxassislar O`zbekistonning davlat va xususiy sektorida ish beruvchilar bilan tanishishlari mumkin.

Loyihaning asosiy maqsadi nomzodlar va ish beruvchilar uchun platforma yaratishdan iborat. Videokonferensiyada O`zbekistonning davlat va xususiy sektorlarida ish beruvchilar tomonidan mavjud bo`sh ish o`rinlari haqida batafsil ma`lumotlar berilishi, shuningdek, yosh mutaxassislarning va kompaniyalarning imkoniyatlarini va talablarini aniqlash ko`zda tutilgan. Mazkur videokonferensiyada Xitoy, Latviya, Rossiya, Turkiya va Yaponiyaning etakchi universitetlarining 2000 dan ortiq bitiruvchilari ishtirok etadi.

Xorijiy mamlakatlarda ta`lim olayotgan yoshlarimizni O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasining rasmiy sahifalarida jonli video muloqotda kutamiz.

Facebook facebook.com/wayu.uz

Instagram instagram – @wayu.uz

Jonli efir vaqti 2019 yil 16 fevral soat 11:00 da.

Batafsil ma`lumotlar: www.wayu.uz

    Boshqa yangiliklar