AsosiyJamiyat

O`zbekiston hududida birinchi marotaba Xalqaro armiya o`yinlari o`tkaziladi

'O`zbekiston hududida birinchi marotaba Xalqaro armiya o`yinlari o`tkaziladi'ning rasmi

«Xalqaro armiya o`yinlari — 2019» tanlovining «Harbiy-tibbiy estafeta» yo`nalishi O`zbekiston Respublikasi hududida birinchi marta o`tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O`tgan yilgi «ArMI—2018» o`yinlari Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Eron, Qozog`iston, Xitoy va Rossiya kabi davlatlarda 28 yo`nalish bo`yicha o`tkazilgan bo`lib, unda dunyoning 32 mamlakatidan kelgan harbiylar ishtirok etgan edi. O`zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari esa 12 yo`nalishda qatnashib, umumjamoa hisobida 6-o`rinni qo`lga kiritgan.

O`tgan yilgi o`yinlarda «Harbiy-tibbiy estafeta» bellashuvida ishtirok etgan o`zbekistonlik harbiy xizmatchi, Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy poliklinika terapevt-shifokori, tibbiy xizmat kapitani Larisa Xolmamatova harbiy shifokorlar o`rtasida o`tkazilayotgan «Maxsus ko`nikmalar» yakkalik bahsida ikkinchi o`rinni qo`lga kiritgan edi.

O`zbekiston hududida Xalqaro armiya o`yinlari Jizzax viloyatidagi “Forish” tog`-dala o`quv maydonida o`tkazilishi rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar