AsosiyDunyo

Quduqqa tushib ketgan qizaloq xotirlandi

'Quduqqa tushib ketgan qizaloq xotirlandi 'ning rasmi

Ispaniyaning Malaga shahri aholisi 100 metrli quduqqa tushib ketgan qizaloqni xotirlash maqsadida yig`ilishdi, deya ma`lum qilmoqda Lenta.ru nashri.

Odamlar go`dakning yaqinlariga va oila a`zolariga hamdardlik bildirishmoqda. Malaga shahri hokimi ham ushbu xotira marosimida ishtirok etdi va qutqaruv ishlarida yordam ko`rsatgan qo`shni mamlakatlarga o`z minnatdorligini bildirdi. Eslatib o`tamiz, 13 yanvar kuni Ispaniya janubida 2 yoshli qiz kengligi 25 santimetr bo`lgan 100 metrli quduqqa tushib ketgan edi. Ikki haftadan ortiq vaqt davomida olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida bolaning jasadi topilgan.

    Boshqa yangiliklar