O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo`ydi.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, har yili Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sana - 30 yanvar kunini keng nishonlash belgilangan.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko`ra, Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqand shahriga ham tashrif buyurib, Islom Karimovni xotirlash tadbirlarida ishtirok etadi.







