AsosiyJamiyat

O`zbekistonda avtomobillar oldi-sotdisi kamaydi

'O`zbekistonda avtomobillar oldi-sotdisi kamaydi'ning rasmi

Adliya vazirligi 2018 yilda aholiga ko`rsatilgan huquqiy xizmatlar turlari haqidagi taqdim etgan ma`lumotiga ko`ra, 2018 yilda 345 392 ta avtotransport vositasi oldi-sotdi qilindi. Bu esa 2017 yilga nisbatan 7 003 taga yoki 0,5 foizga kam demakdir.

2018 yil davomida avtotransport vositalaridan foydalanish va tasarruf etish huquqi bilan notarial idoralarda 670 717 ta ishonchnoma rasmiylashtirilgan.

Notariuslar faoliyatidagi avtotransport vositalari oldi-sotdisi bilan bog`liq 2018 yilda qayd etilgan eng qiziqarli ma`lumotlardan biri Toshkent shahrida 1936 yilda ishlab chiqarilgan “Mersedes Benz” avtotransport vositasi sotilganidir.

    Boshqa yangiliklar