AQSh Venesuelaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi, deya xabar qilmoqda Rai77.com nashri.
Sanksiyalar “Petroleos de Venesuela” davlat neft ishlab chiqarish kompaniyasiga qaratilgan. Vashington sanksiyalar doirasida ushbu kompaniyaning 7 milliard dollarlik aktivlarini bloklab qo`ydi. Ta`kidlanishicha, AQSh kompaniya aktivlarini bloklab, uni Venesuela xalqi uchun “asramoqda” va iste`molchilarni himoyalash bo`yicha choralar ko`rmoqda. Ma`lumot sifatida aytish mumkinki, “Petroleos de Venesuela” kompaniyasi rahbari va barcha xodimlari Nikolas Maduroni qo`llab-quvvatlashlarini ta`kidlab kelishayotgan edi.






