AsosiyJamiyat

Eng ko`p uy Toshkent shahrida, eng kami Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida sotildi

'Eng ko`p uy Toshkent shahrida, eng kami Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida sotildi'ning rasmi

2018 yil O`zbekiston ko`chmas mulk bozori tarixiga eng ko`p uy joy sotilgan yil bo`lib kirdi.

Ko`chmas mulkni boshqa shaxsga o`tkazish bilan bog`liq bitimlar soni boshqa shaxsga o`tkazish bilan bog`liq bitimlar soni 2017 yilda 165 587 tani tashkil etgan bo`lsa o`tgan yili bu ko`rsatkich 203 525 taga etdi.

Shundan, uy-joy oldi-sotdi shartnomalari 148 640 ta (2017 yilda 119 871 ta). Uy-joy oldi-sotdi shartnomalari eng ko`p amalga oshirilgan hudud Toshkent shahri bo`lsa, eng kam uy-joy oldi-sotdisi Sirdaryo va Xorazm viloyatlariga to`g`ri keladi.

Adliya vazirligi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, ko`chmas mulk bitimlarining eng qimmat narxi Toshkent shahrida qayd etilgan bo`lib, Chilonzor tumanida ofis, maishiy xizmat ko`rsatish va yashash uchun mo`ljallangan jamlanma kompleks taraflar o`rtasida 9 mlrd so`mdan ortiq bahoga narhlanib oldi-sotdi qilingan.


    Boshqa yangiliklar