AsosiyDunyo

Buyuk Britaniyada Evroittifoqdan chiqish qonun loyihasiga o`zgartirishlar kiritildi

'Buyuk Britaniyada Evroittifoqdan chiqish qonun loyihasiga o`zgartirishlar kiritildi 'ning rasmi

Buyuk Britaniyada deputatlar mamlakatning Evropa Ittifoqidan chiqarilishi haqidagi qonun loyihasiga bir qator o`zgartirishlar kiritishdi, deb xabar bermoqda Day.Az nashri.

Yanvar oyida Britaniyaning Evroittifoq tarkibidan chiqishi yuzasidan London va Bryussel o`rtasida tuzilgan shartnoma parlament a`zolari tomonidan rad etilgan edi. Shundan so`ng Tereza Mey deputatlarga o`z takliflarini shakllantirish imkonini bergan. Natijada deputatlar mazkur mavzuga oid qonun loyihasiga 14 ta o`zgartirish kiritishdi.

13 fevral kuni esa Britaniya parlamentida Breksit shartnomasi bo`yicha takroriy ovoz berish jarayoni bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar