Samarqand shahridagi vokzal hududida bodom daraxti qiyg`os gulladi. Bu haqda «Zarnews.uz» xabar bermoqda.
Eslatib o`tamiz, bundan oldin shunday holat Namangan, Surxondaryo viloyatlarida kuzatilgandi. Qish oylarida ob-havoning iliq kelishi tabiat qoidalariga ham o`z ta`sirini o`tkazmoqda.






